Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Tomadurgadik qishlogʼi Navroʼz mahallasi Obod turmush koʼcha 15 uy

blog
  • Yangiliklar
  • 24-08-2023, 14:11

Qizlarimiz yigitlarga qaraganda bilimliroq

Qizlarimiz yigitlarga qaraganda bilimliroq

Joriy yilda abituriyentlar orasida xotin-qizlarning ulushi erkaklarga qaraganda ko‘proqni tashkil etgan. Yaʼni testga kirgan abituriyentlarning 467 ming 400 nafari ayollar, 421 ming 107 nafari esa erkaklar bo‘lgan.

Bundan tashqari qizlarimiz to‘plagan o‘rtacha ballar ham yigitlarga qaraganda yaxshiroq natijani ko‘rsatgan. Qizlar o‘rtacha 68,2 ball, yigitlar esa 65,0 ball olishgan. Ikkala natija ham o'tgan yilgiga nisbatan taxminan 2 ballga yaxshiroq.

Shuningdek, respublikamizning 14 ta hududining barchasida qizlarning o‘rtacha bali yigitlarnikidan balandroq bo‘lgan. Yaʼni faqat ayni bir hududda emas, balki yurtimizning hamma joyida qizlar yigitlarga qaraganda umumiy yaxshiroq o‘zlashtirish ko‘rsatkichini qayd etgan.

Buxoro (76,2), Toshkent shahri (73,6) va Farg’onada (71,1) qizlarning o’rtacha natijasi 70 balldan oshgan. Yigitlar orasida esa faqat buxorolik yigitlar 70 ballik chegaradan o’ta olishgan (71,4).

Ma’lumot uchun, o’tgan yili ham barcha hududlarda qizlar yigitlarga qaraganda ko’proq o’rtacha ball to’plashgandi. (https://t.me/xushnudbek/15772)

Xulosa: qizlarimiz yigitlarga qaraganda bilimliroq.


Manzil

  • Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Tomadurgadik qishlogʼi Navroʼz mahallasi Obod turmush koʼcha 15 uy
  • +998 (97) 529-93-37
  • xonqamaktab25@inbox.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili